Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz
2026-01-28 10:55:00 / Yangiliklar

Taraqqiyotning ildiziga bolta uruvchi eng xavfli illatlardan biri bu shubhasiz korrupsiyadir Korrupsion holatlarning oldini olish maqsadida davlat nazorati kuchaytirilib, adolatli, shaffof tizim yo‘lga qo‘yilmoqda. Har bir davlat idorasi buning uchun mas’ul etib belgilanib, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha turli tadbirlar, davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.
Sho‘rchi tumani hokimi Akbarali Ishmurzoyev boshchiligida jamiyatda halollik va shaffoflikni mustahkamlash, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha navbatdagi davra suhbati tashkil etildi.
Suhbat davomida tuman hokimi Akbarali Ishmurzoyev korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosati darajasidagi ustuvor vazifa ekanini, korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashish kerakligini, har bir rahbar va xodim o‘z faoliyatida halollik, ochiqlik va qonuniylik tamoyillariga qat’iy amal qilishi zarurligini alohida ta’kidladi.






