"Xorazm madaniyati kunlari" - ikki xalq do‘stligining yorqin ifodasi
2025-08-20 22:35:00 / Yangiliklar
Bugun, Shumanay tumani "Eko park" markazida Xorazm viloyati hokimligi va Shumanay tumani hokimligi hamkorligida "Xorazm madaniyati kunlari" loyihasi doirasida gala-konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Unda asosan tuman aholisiga milliy musiqa va qo‘shiqlar, raqslar taqdim etilib, tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.

Bugun, Shumanay tumani "Eko park" markazida Xorazm viloyati hokimligi va Shumanay tumani hokimligi hamkorligida "Xorazm madaniyati kunlari" loyihasi doirasida gala-konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Unda asosan tuman aholisiga milliy musiqa va qo‘shiqlar, raqslar taqdim etilib, tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi. Konsert yakunida Xorazm viloyatidan tashrif buyurgan mehmonlar tuman hokimligi tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bunday tadbirlar ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik munosabatlarini yanada mustahkamlash, shuningdek, yoshlar qalbida milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.






