Press-tur: Şumanayda yangi loyihalar, amaliy natijalar va istiqbolli rejalar
2026-11-18 18:10:00 / Yangiliklar

Press-tur davomida iştirokçilar tumanda 2026-yil uçun belgilangan investitsiya dasturi doirasida amalga oşirilayotgan loyihalar, ularning bugungi holati, yaratilayotgan işlab çiqariş imkoniyatlari va yangi iş örinlari bilan yaqindan tanişdi.
Jumladan, "OAZIS OFF ŞUMANAY" mas’uliyati çeklangan jamiyati tomonidan umumiy qiymati 4,1 milliard sömlik issiqxona taşkil etiş loyihasi amalga oşirilgan.
"Begjap" ovul fuqarolar yiğini hududidagi 1,5 gektar maydonda joylaşgan faoliyati tugatilgan issiqxona xöjaligi belgilangan tartibda ajratib berilib, quriliş-ta’mirlaş işlari olib borilgan. Şuningdek, qöşimça zarur uskuna va jihozlar örnatilgan. Bugungi kunda issiqxonada pomidor yetiştiriş yölga qöyilgan bölib, loyiha doirasida 15 ta yangi iş örni yaratilgan.
Şuningdek, "Aydona" oilaviy korxonasi tomonidan umumiy qiymati 1,5 milliard sömlik avtomobillarga texnik xizmat körsatiş loyihasi amalga oşirilmoqda. "Monşoqli" mahalla fuqarolar yiğini hududidan 15 sotix yer maydoni Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-yanvardagi PF-10-sonli Farmoniga muvofiq, uzoq muddatli ijara huquqi asosida ajratilgan. Şu bilan birga, 1 milliard söm kredit mablaği hisobidan tegişli jihozlar olib kelingan.
Ayni paytda korxona tomonidan zarur uskunalarni örnatiş işlari olib borilmoqda. Loyihaning töliq işga tuşirilişi natijasida 10 ta yangi iş örni yaratilişi kutilmoqda.
Press-tur davomida ommaviy axborot vositalari vakillari loyihalarning amalga oşiriliş jarayoni va istiqboldagi rejalar bilan tanişib, mutasaddilar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarni örgandi. Uşbu loyihalar tumanda investitsiyaviy faollikni oşiriş, tadbirkorlikni rivojlantiriş, aholi bandligini ta’minlaş va hududning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlaşga xizmat qiladi.







