Har bir xonadon e’tiborda: mahallalarda xatlov ishlari olib borilmoqda
2026-09-14 10:55:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 3-sentabrdagi kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligi va daromadlarini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Shumanay tumanida mahallalarda xatlov ishlari olib borilmoqda.
Tuman hokimi A.Ametov boshchiligida, mahalla yettiligi bilan hamkorlikda "Nauriz" va "Monshaqli" mahalla fuqarolar yig‘inlari hududidagi xonadonlarda aholining bandlik holati, daromad manbalari va qo‘shimcha daromad topish imkoniyatlari o‘rganilmoqda. Xatlov jarayonida, ayniqsa, ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha ehtiyojlar o‘rganilmoqda. Aniqlangan masalalar asosida fuqarolarga tegishli yo‘nalishlarda amaliy yordam ko‘rsatish, ularni daromadli mehnatga jalb etish va oilalar farovonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilanmoqda.
Asosiy maqsad - har bir mahallada aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha manzilli ishlarni kuchaytirish hisoblanadi.


