Media-tur doirasida ommaviy axborot vositalari vakillarining Shumanay tumanidagi infratuzilma obyektlariga tashrifi davom etdi.
2026-06-09 19:30:00 / Yangiliklar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining 2025-yil 15-iyul kungi 293-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida "Begjap" ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi Uyg‘ur ovul aholi punktining ichki yo‘lida amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. Ushbu hududda Shumanay tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan 0,45 kilometr masofaga qum-shag‘al aralashmasi yotqizilgan.
Shuningdek, media-tur ishtirokchilari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumining 2026-yil 6-martdagi 617-sonli qarori asosida "Og‘ir tumanlar" dasturi doirasida amalga oshirilayotgan yirik yo‘l qurilishi loyihasini ham ko‘zdan kechirdi. Xususan, Shumanay tumani markazini xalqaro ahamiyatga ega A-380 avtomobil yo‘li bilan bog‘lovchi D 235 (4R-177) avtomobil yo‘lining 45-67-kilometr oralig‘ida ta’mirlash va qora qoplamali asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda.
Media-tur yakunida jurnalistlar mazkur obyektlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, ularning holati va hudud infratuzilmasini yaxshilash borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishdi.




