Huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbir o‘tkazildi
2026-05-30 17:50:00 / Yangiliklar

Shumanay tumanida xotin-qizlar va yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida profilaktik tadbir tashkil etildi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik X.Reymkulova, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari A.Turimbetov, katta leytenant G.Bekmanova hamda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining tegishli mas’ullari tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarning yozgi ta’til davrida xavfsizligini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, alohida toifadagi yoshlar bilan profilaktik ishlarni yanada kuchaytirish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Bu kabi profilaktik tadbirlarning asosiy maqsadi - xotin-qizlar va voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni xavfsiz va sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirishdan iborat.




