Mahallalarda bandlikni ta’minlash - aholi farovonligiga xizmat qilmoqda
2026-05-12 17:25:00 / Yangiliklar

Shumanay tumani hokimligi Axborot xizmati va tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi bilan hamkorlikda tumanda hokim yordamchilari tomonidan ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha press-tur tashkil etildi. Unda asosan mahallalarda imtiyozli kredit va subsidiyalardan samarali foydalanib, o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘ygan fuqarolar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, tomorqadan unumli foydalanib, oila daromadini oshirayotgan, inkubator orqali jo‘ja yetishtirish va pillachilik bilan shug‘ullanib, mavsumiy bandlikka erishayotgan fuqarolar faoliyati o‘rganildi. Press-tur yakunida ommaviy axborot vositalari vakillari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, bunday amaliy tashabbuslar aholi bandligini ta’minlash, oilalar farovonligini oshirish va mahallalarda ishbilarmonlik muhitini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etayotgani alohida ta’kidlandi.









