Umumxalq hashari - ahillik va farovonlik ramzi
2026-05-02 10:55:00 / Yangiliklar
"9-may - Xotira va qadrlash kuni" arafasida 2026-yil 2-may kuni Shumanay tumanida keng ko‘lamli umumxalq hashari o‘tkazildi. Unda tashkilot va muassasa xodimlari, yoshlar va mahalla ahli birlashib, hududlarni obodonlashtirish, ko‘chalarni tartibga keltirish ishlarida faol ishtirok etdi.

Hashar davomida atrof-muhitni tozalash, chiqindilarni yig‘ish kabi ishlar amalga oshirildi. Shuningdek, tadbir davomida daraxt va gul ko‘chatlari ekilib, hududlar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shildi. Bunday hasharlar nafaqat obodonchilikni ta’minlash, balki aholi o‘rtasida hamjihatlik va mas’uliyat hissini yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda.