Shumanay tumanida sport sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
2026-04-22 14:30:00 / Yangiliklar

Bugun, Shumanay tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 7-sonli umumta’lim maktabi binosida sport sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda tuman sport maktabi direktori R.Reymov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligining bosh yuriskonsulti E.Tureev, Shumanay tumani prokuraturasi prokurorining yordamchisi E.Oralbaev, Shumanay tumani Adliya bo‘limining bosh maslahatchisi I.Satbaev va soha xodimlari ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida sport tizimida shaffoflikni ta’minlash, korrupsiya holatlarining oldini olish, qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Mutasaddilar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, mavjud muammolarni bartaraf etish va kelgusida bunday holatlarning oldini olish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.




