Quyosh energiyasi orqali chekka hududlarga yangi imkoniyatlar yaratilmoqda
2026-04-05 12:05:00 / Yangiliklar
Shumanay tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvar kungi "2025-yilda aholining bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-12-sonli Qarorining ijrosi ta’minlanmoqda.

Xususan, Qaror asosida tumandagi "Ketenler" ovul fuqarolar yig‘ini hududida 200 kVt quyosh panellarini o‘rnatish belgilangan, ayni paytda "Yashil energiya" mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.
200 kVt quyosh paneli ishlab chiqarayotgan elektr energiyasi orqali ushbu hududdagi chekka qishloqlardagi 48 ta xonadon elektr energiyasiga ega bo‘lishi kutilmoqda.