Shumanayda voleybol musobaqalari o‘tkazildi
2026-03-29 15:30:00 / Yangiliklar

"Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari" va "Prezident olimpiadasi" sport musobaqalari doirasida Shumanay tumanida sportning voleybol turi bo‘yicha 1-bosqich - tuman hokimi Olimpiadasi yuqori saviyada tashkil etildi.
Musobaqa davomida jamoalar o‘rtasida keskin va murosasiz bahslar bo‘lib, o‘yinlar tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Har bir jamoa g‘alaba uchun bor kuch va mahoratini ishga solib, sportga bo‘lgan qiziqishini yana bir bor namoyon etdi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, taqdirlash marosimi tantanali ravishda o‘tkazildi. Unda Shumanay tumani hokimining o‘rinbosari A.Bekmuratov so‘zga chiqib, musobaqa ishtirokchilarini samimiy qutladi va sportni rivojlantirish yo‘lida bunday bellashuvlarning ahamiyati yuqori ekanligini ta’kidladi. Shundan so‘ng, g‘olib sportchilar diplom va medallar bilan taqdirlanib, ularning kelgusi musobaqalarda ham yuqori natijalarga erishishida ularga katta ishonch bildirildi.







