Shumanay tumanida yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash va xotin-qizlarning faolligini oshirishga qaratilgan uchrashuv o‘tkazildi
2026-03-25 17:05:00 / Yangiliklar

Bugun, Shumanay tumanida Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash ishlarini yangi bosqichga olib chiqish, tayanch tuman faoliyatini tashkil etish masalalari bo‘yicha, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabr kungi 820-sonli "Oila institutini rivojlantirish, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Qarabayli" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan "Oila va xotin-qizlar markazi"da yosh oilalar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining bo‘lim boshlig‘i R.Mirxolikova, tuman hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i T.Qalliqilichova, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i N.Kurbaniyazov, Shumanay tumani Ichki ishlar bo‘limidan katta leytenant G.Bekmanova,
mahallalardagi xotin-qizlar faollari, nuroniy onaxonlar, tegishli soha vakillari va yosh oilalar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida bugungi kunda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, ajrimlarning oldini olish, erta nikoh va erta tug‘ruq holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik va tazyiqqa qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi.
Shundan so‘ng, Shumanay tumani Jumabay jirau Bazarov nomidagi 13-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi binosida hunarmandlar va mahalla faollari bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbir davomida hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi va ushbu maktab o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi. Shuningdek, "Nauriz" mahalla fuqarolar yig‘inida yangi tashkil etilgan kooperatsiya orqali 5 nafar xotin-qizning bandligini ta’minlagan hunarmand ayollardan biri N.Ernazarova bilan ham suhbat o‘tkazildi. Shuningdek, 1-sonli maktab binosida sog‘lom turmush volontyorlari bilan uchrashib, endilikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.
"Aybuyir" mahalla fuqarolar yig‘inida esa, mahalla yettiligi a’zolari bilan birgalikda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi bilan muloqot qilinib, oiladagi munosabatlar, o‘zaro totuvlik kabi masalalar keng turda muhokama qilindi.









