Korrupsiyaga karshi kurashish davr talabi
2026-03-05 09:55:00 / Yangiliklar
Korrupsiya - bu jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan mudhish illat. U demokratiya va qonun ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlarining buzilishiga olib keladi, bozor faoliyatiga, insonlarning munosib hayot kechirishiga va ularning xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm kabi jinoyatlar uchun sharoit yaratib beradi.
O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilar etib belgilangan:
- Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan nafrat munosabatini shakllantirish;
- davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- korrupsiya huquqbuzarliklarini o‘z vaqtida aniqlash, ularning oldini olish, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarning oldini olish, korrupsiya huquqbuzarliklarini sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash.
- korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha xalqaro hamkorlik.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi maxsus vakolatli organ bo‘lib, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish uchun mas’ul organ hisoblanadi. Agentlik Prezidentga bo‘ysunadi va Oliy Majlis palatalari oldida hisobot beradi.
Farmon bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari, huquqlari, agentlik xodimlari tarkibini shakllantirish tartibi, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi va uning hududiy idoralararo komissiyalari O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashi va uning hududiy kengashlari etib qayta tashkil etilishi hamda uning tarkibi, Agentlik Milliy kengashining ishchi organi etib belgilanishi ko‘rsatilgan.
O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash olib borishga tizimli yondashuv qilinmasa, davlat va jamiyatning korrupsiyaga qarshi samarali kurash olib borishi barcha yo‘nalishlarda amalga oshirilmasa, olib borilayotgan ishlar hech qanday ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qonun va qonunosti hujjatlarining qabul qilinishi esa normativ-huquqiy va institutsional bazani yanada takomillashtirish, shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali mexanizmini joriy etishga amaliy yordam beradi.
Demokratik huquqiy davlat, adolatli fuqarolik jamiyatida qonun har bir narsaning mezoni bo‘lishini va har qanday masalaning yechimida unga tayanishni taqozo etadi. Shundagina, rivojlanish, muvaffaqiyat bo‘ladi.
Shomanay rayoni
Adliya bo‘limi boshlig‘i I.Aleuatdinov
