Bir qadamda - ming bir imkoniyat
2026-03-10 15:05:00 / Yangiliklar

Shumanay tumani "Mamiy" ovul fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 5-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosida tadbirkorlik va hunarmandchilikni ommalashtirish maqsadida "Bir qadamda - ming bir imkoniyat" mavzusida uchrashuv tashkil etildi.
Unda, tuman hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i T.Qalliqilichova, tumandagi hunarmand ayollardan biri Sh.Yusupbaeva va maktab o‘quvchilari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida yoshlar bilan samimiy suhbat o‘tkazilib, ularni tadbirkorlikka qiziqtirish, kelgusida mustaqil faoliyat yuritishga undash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Uchrashuv davomida tadbirkorlik faoliyati va uning sirlari haqida so‘z yuritilib, o‘quvchi yoshlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan to‘liq va tushunarli javoblar berildi.
Ushbu uchrashuv yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularni tadbirkorlikka yo‘naltirish va kelgusida o‘z imkoniyatlarini kengaytirish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.





