Xorazm viloyati va Shumanay tumani aholisi o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar
2026-03-08 10:00:00 / Yangiliklar

2026 -yil 6-mart kuni Ramazon oyi munosabati bilan Xorazm viloyati homiyligida sayohat tashkil etildi. Unda tumanimizdan 250 nafar fuqaro ishtirok etib, viloyatdagi tadbirkorlik subyektlari, madaniy yodgorliklar va tarixiy obidalar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, ular qishloq xo‘jaligi sohasidagi ilg‘or tajribalar bilan ham o‘rtoqlashdi.
Kunning kechki paytida esa Urganch shahri markazida joylashgan "Bog‘i Eram" restoranida "Ramazon - mehru muruvvat, hamjihatlik va shukronalik oyi" shiori ostida iftorlik dasturxoni tashkil etildi. So‘zga chiqqanlar muborak Ramazon oyi bilan yig‘ilganlarni tabriklab, ushbu tashabbus Xorazm viloyati va Shumanay tumani aholisi o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlik munosabatlarining amaliy ifodasi ekanini ta’kidladi. Tadbir davomida Xorazm viloyati hokimligi tomonidan sayohat ishtirokchilariga esdalik sovg‘alari topshirilib, ularga ehtirom ko‘rsatildi.
Bunday tashabbuslar, hech shubhasiz, hududlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlab, fuqarolar qalbida yurtimizga bo‘lgan mehr va iftixor tuyg‘ularini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.




