Shumanay tumanida "Mudofaa vaziri kubogi" uchun musobaqalar o‘tkazildi
2026-03-01 10:05:00 / Yangiliklar
Shumanay tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 16-sonli maktab binosida tuman Mudofaa ishlari bo‘limi tashabbusi bilan "Vatan tayanchi" otryadi yoshlari o‘rtasida "Mudofaa vaziri kubogi" uchun musobaqaning tuman bosqichi o‘tkazildi.

Musobaqa davomida jamoalar o‘zlarining harbiy-amaliy tayyorgarligi va jismoniy mashqlarini namoyish etdi. Musobaqa yakunida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoa ishtirokchilariga tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Tadbir yoshlarning vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, ularni har tomonlama yetuk va fidoyi insonlar etib tarbiyalashga xizmat qiladi.