Shumanay tumani prokurori Muzaffar Matchanov Gulimbaevichning xalqqa murojaati
2026-02-27 12:30:00 / Yangiliklar
Bugungi kunda, Hurmatli Prezidentimiz rahbarligida mamlakatdagi barcha sohalarda ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda.
Bu islohotlarning tub mohiyati, avvalo, inson qadrini ulug‘lash, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish, aholi tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash hamda turmush farovonligini oshirishga qaratilgani bilan ham ahamiyatlidir.
Davlatimiz rahbarining qarorlari bilan huquqbuzarliklar va jinoyatlarning barvaqt oldini olish, mamlakatda kriminogen vaziyat barqarorligini ta’minlash bo‘yicha kuchaytirilgan ish tartibi joriy etildi.
Huquq-tartibotni mustahkamlash nafaqat huquq-tartibot idoralarining, balki boshqa idoralar va keng jamoatchilikning umummilliy ishi va dolzarb vazifasiga aylandi.
Barcha kuch va vositalar, jinoyatlar oqibatlari bilan kurashishga emas, balki ularni keltirib chiqarayotgan asosiy sabab va omillarni aniqlab, bartaraf etishga safarbar etildi.
Bu borada keng jamoatchilik bilan hamkorlik yanada kuchaytirildi.
Huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish faoliyatini samarali tashkil etish borasida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning muvofiqlashtiruvchi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Bu borada har bir hududdagi kriminogen vaziyatdan kelib chiqqan holda manzilli chora-tadbirlar belgilandi.
Huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish bo‘yicha faoliyatimizni "mahallabay" tashkil etdik.
Unga ko‘ra, har bir mahallaga alohida yondashgan holda, manzilli ish yuritish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.
Bunda, "mahalla yettiligi" tomonidan aholining ijtimoiy muammolari aniqlandi va "jinoyatlarning ijtimoiy profilaktikasi"ga tayangan holda hal etildi.
Amalga oshirilgan tadbirlar va keng jamoatchilik
bilan yaqin hamkorlikda olib borilgan tizimli profilaktik tadbirlar natijasida:
- oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar 2 ga yoki
11 foizga, jinoyat sodir etgan shaxslar 4 nafarga
yoki 23 foizga kamayishiga erishildi;
- 13 ta mahallaning 30,8 foizi yoki 4 tasida mahalla jinoyat
yuzaga kelmadi;- "qizil" toifadagi mahallalar 1 dan 0 ga yoki
100 foizga kamaydi.
Hurmatli fuqarolar!
Tumanimizda boshqa hududlarda bo‘lgani kabi sodir etilayotgan jinoyatlarning aksariyat qismini o‘g‘rilik, firibgarlik va yo‘l-transport hodisalari jinoyatlari tashkil etadi.
O‘tgan yili sodir etilgan o‘g‘irlik jinoyatining yarmidan ko‘pi fuqarolarimiz o‘z mol-mulklarini qarovsiz qoldirib, sharoit yaratgani oqibatida sodir etilgan.
Shu sababli, aholi zich yashaydigan joylar va ko‘p qavatli
uylar atrofida viktimologik tadbirlar o‘tkazilib, 300 dan ortiq qarovsiz qoldirilgan mol-mulklar aniqlandi va egalariga ogohlantirilgan holda qaytarildi.
Ayniqsa, shimoliy tumanlarimizda chorva mollarini yaylovlarga qarovsiz qo‘yib boqish keng tarqalganligi sababli,
yuzaga kelmadi;- "qizil" toifadagi mahallalar 1 dan 0 ga yoki
100 foizga kamaydi.
Hurmatli fuqarolar!
Tumanimizda boshqa hududlarda bo‘lgani kabi sodir etilayotgan jinoyatlarning aksariyat qismini o‘g‘rilik, firibgarlik va yo‘l-transport hodisalari jinoyatlari tashkil etadi.
O‘tgan yili sodir etilgan o‘g‘irlik jinoyatining yarmidan ko‘pi fuqarolarimiz o‘z mol-mulklarini qarovsiz qoldirib, sharoit yaratgani oqibatida sodir etilgan.
Shu sababli, aholi zich yashaydigan joylar va ko‘p qavatliuylar atrofida viktimologik tadbirlar o‘tkazilib, 300 dan ortiq qarovsiz qoldirilgan mol-mulklar aniqlandi va egalariga ogohlantirilgan holda qaytarildi.bu chorva mollarining o‘g‘irlanishi ortib bormoqda.
Shu sababli, mol-mulkingizga ehtiyot bo‘ling, kamomadingiz yoki e’tiborsizligingiz tufayli jinoyat qurboniga aylanib qolmang.
Hurmatli fuqarolar!
So‘nggi paytlarda sodir etilayotgan jinoyatlarning deyarli teng yarmini kibermakonda sodir etilayotgan jinoyatlar tashkil etmoqda.
Albatta, fuqarolarimizni kiber tahdidlardan himoya qilish, bu sohaga zamonaviy dasturiy-texnik yechimlar va yangicha ish uslublarini joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
Biroq, har birimiz o‘zimizda bu turdagi jinoyatlarga
qarshi immunitet hosil qilmasak ko‘zlangan natijaga erishib bo‘lmaydi.
Tahlillarga ko‘ra, fuqarolarimiz yetishmovchilik yoki oson pul topish ilinjida internet tarmoqlari orqali kelgan turli fayllarni yoki havolalarni ochishi natijasida o‘zlarining shaxsiy ma’lumotlarini kibermakondagi jinoyatchilarga taqdim etib, ularning pullarini osonlik bilan qo‘lga kiritishga yo‘l ochib berilmoqda.
Hurmatli fuqarolar!
Fursatdan foydalanib, umumiy jinoyatlar ichida salmog‘i yuqori bo‘lgan avtohalokatlarga nazar tashlasam.
2025-yilda 7 ta holatda yo‘l harakati xavfsizligi hodisalari bilan bog‘liq jinoyatlar sodir etilib, 2024-yilga nisbatan 40 foizga oshgan.
Haydovchilarning yo‘l harakati qoidalariga beparvolik bilan qaraganligi oqibatida begunoh 3 kishi hayotdan erta ko‘z yumdi, 7 kishi turli tan jarohatlari oldi.
Qadrli tumanimiz aholisi!
- jamiyatda xavfsiz muhitni ta’minlash ishlariga hammamiz birdek mas’uliyat bilan yondashsak;
- o‘z uyimiz, o‘z mahallamiz, o‘z yurtimiz tinchligi va osoyishtaligiga daxldor ekanligimizni chuqur his qilsak;
- jamiyatda huquqiy madaniyatni shakllantirish, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlashga har birimiz o‘z hissamizni qo‘shsak, oilamiz, mahallamiz, yurtimiz tinch va osoyishta maskanga aylanadi.
