Ochiq muloqot: yoshlar, ta’lim va innovatsiya
2026-02-26 15:10:00 / Yangiliklar

Bugun, Shumanay tumani 1-sonli maktabida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M.Axmedova ishtirokida haftaning payshanba - "Yoshlar kuni" doirasida ochiq suhbat tashkil etildi.
Unda, Shumanay tumani hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i T.Qalliqilichova, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i N.Qurboniyozov hamda ta’lim muassasalari boshliqlari va yuqori sinf o‘quvchilari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida ta’lim sifati, innovatsion g‘oya va startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, qo‘shimcha grant va imtiyozlar ajratish bo‘yicha o‘zlarining taklif va tashabbuslarini bildirdi. Ushbu uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad - yoshlar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, ularning fikr va tashabbuslarini eshitish, intellektual salohiyati hamda innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash orqali kelajak taraqqiyotiga xizmat qiladigan muhim tashabbuslarni rag‘batlantirishdan iborat.









