Giyohvandlikka qarshi kurash - sog‘lom kelajak garovi
2026-02-14 10:05:00 / Yangiliklar
Shumanay tumani Texnikum binosida "Biz giyohvandlikka qarshimiz" mavzusida rasmlar tanlovi bo‘lib o‘tdi. Asosan tanlov yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqidagi tushunchalarni mustahkamlash va zararli illatlarga qarshi immunitetni kuchaytirish maqsadida tashkil etildi.

Unda texnikum o‘quvchilari faol ishtirok etib, mavzu bo‘yicha muhim ma’lumotlarga ega bo‘ldi. Giyohvandlikning jamiyat va inson salomatligiga keltiradigan zararlari, uning oldini olish yo‘llari va yoshlar kelajagi uchun sog‘lom turmush tarzining ahamiyati haqida atroflicha tushunchalar berildi.