Soliqqa oid qonunchilik xujjatlarning mazmun mohiyati to‘g‘risida
2025-11-12 10:30:00 / Yangiliklar
Ma’muriy sudlar tomonidan sud amaliyotida soliq qonunchiligini qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari soliq nizolarini ko‘rishda sudlar tomonidan qonunchilik hujjatlarini to‘g‘ri va bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 4-sonli qarori qabul qilingan. Ma’muriy sudlarda ko‘riladigan soliqqa oid nizolar bo‘yicha Soliq organining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi ishlar MSIYutKning 23-bobi tartibida ko‘rib chiqiladi.
Soliq organining sayyor soliq tekshiruvi va soliq auditi natijalari bo‘yicha qabul qilingan qarori ustidan berilgan shikoyat yuqori turuvchi soliq organi tomonidan qonunda belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilmaganligi, shu bilan birga, sudlarning e’tibori soliq to‘lovchi sudga yuqori turuvchi soliq organi mansabdor shaxsining shikoyatni muddatida ko‘rib chiqmaslikda ifodalangan harakatsizligi ustidan ariza (shikoyat) bilan murojaat qilishi mumkinligiga qaratilishi, yuqori turuvchi soliq organiga shikoyat qilinganida soliq organining qarorlari ustidan sudga shikoyat qilish muddati, quyi turuvchi soliq organining qarori qabul qilingan kundan e’tiboran o‘ta boshlaydi.
Sudga murojaat qilishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklash haqidagi masalani hal qilishda, sudlar arizachining nizolashilayotgan qaror yoki harakat (harakatsizlik) haqida bilgan yoxud bilmaganligi, arizachi o‘zining buzilgan huquqlarini tiklash borasida qanday choralar amalga oshirganligiga e’tibor qaratishi lozim. Sud har bir ish bo‘yicha arizachi tomonidan qonun bilan belgilangan sudga murojaat qilish muddatlariga rioya qilinganligini aniqlashi, mazkur muddatlar buzilganda esa, manfaatdor shaxsning muddatni o‘tkazib yuborilishiga sabab sifatida keltirilgan vajlarini muhokama qilishi lozim. Soliq organi qarori haqiqiy emas, mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) qonunga xilof deb topilgan taqdirda, sudlar MSIYutK 189-moddasining 5-qismiga muvofiq, tegishli soliq organi yoki mansabdor shaxsning zimmasiga soliq tekshiruvi materiallarini qayta ko‘rib chiqish yoxud shaxsning buzilgan huquq va qonuniy manfaatlarni tiklash uchun qonunda nazarda tutilgan harakatlarni amalga oshirish majburiyatini yuklash masalasini muhokama qilishi lozim. Masalan, soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqishning tartib-taomilining muhim shartlarini (soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqish jarayonida soliq to‘lovchi shaxsan va (yoki) o‘z vakili orqali ishtirok etish imkoniyati ta’minlanmaganligi, soliq to‘lovchiga tushuntirishlar berish imkoni yaratilmaganligi, soliq tekshiruvi materiallari vakolatsiz shaxs tomonidan ko‘rilganligi) buzilishiga yo‘l qo‘yilganda, soliq tekshiruvi materiallarini qayta ko‘rib chiqish majburiyati yuklanishi lozim.
Nukus tumanlararo ma’muriy
sudi raisi R.Jumabaev
