Shumanay tumanida ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida media-tur o‘tkazildi
2025-11-13 20:00:00 / Yangiliklar

Bugun, Shumanay tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda tuman hokimligining Axborot xizmati bilan birgalikda rejaga ko‘ra, O‘z-o‘zini ish bilan band qilgan, tadbirkorligini yo‘lga qo‘ygan xotin-qizlarning faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida media-tur o‘tkazildi.
Unda, tuman hokimi A.Ametov, Tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i T.Qalliqilichova va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Dastlab,
"Begjap" ovul fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan "Shumanay Meridian" (mas’uliyati cheklangan jamiyati) issiqxonasidagi xotin-qizlarning ish faoliyati bilan tanishdi. Bu yerda 1 gektar maydonga 70 ming dona qulupnay mevasi ko‘chati ekilib, hozirda mevalar pishib yetilmoqda. Shuningdek, 12 nafar xotin-qizning bandligi ta’minlanib, ish qizg‘in davom etmoqda. Media-tur ishtirokchilari xotin-qizlarning ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Keyingi manzil - "Madeniyat" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi yakka tadbirkor Shermanova Marziyaning tikuvchilik sexi.
Tadbirkor xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, 100 mln so‘m miqdorida imtiyozli kredit olib, o‘z biznesini yo‘lga qo‘ygan. Hozirda uyida bo‘sh o‘tirgan 2 nafar qizni ish bilan ta’minlab, tikuvchilik kasbi orqali xalqqa xizmat ko‘satib kelmoqda.








