Chandir mahallasidagi Dilovar Amonova boshchiligidagi patdozlik tikuvxonasi faoliyati kengaymoqda
2025-07-26 15:05:00 / Yangiliklar
Mahalla binosida joylashgan, Dilovar Amonova tomonidan boshqariladigan patdozlik tikuvxonasi so‘nggi paytlarda faoliyatini sezilarli darajada kengaytirmoqda. Buyurtmalar sonining ortishi bilan tikuvxona 5 nafar ishsiz xotin-qizlarni ish bilan ta’minlagan. Shuningdek, yana 50 nafar tayyorlangan shogirdlari kasanachilik asosida buyurtma bo‘yicha mahsulotlar ishlab chiqarib kelmoqda.

Mahalla hokimi yordamchisi tavsiyasi bilan ustoz-shogird an’analariga asoslangan holda, kambag‘allik ro‘yxatida turgan 5 nafar oila a’zolari kasb-hunarga o‘qitilib, yangi shogirdlar tayyorlanmoqda. Tayyorlangan mahsulotlar bozorlarda 50 mingdan 1 million so‘mgacha bo‘lgan narxlarda sotilmoqda.
Bu hunarmandchilik markazi ayni paytda Chandir mahallasi binosida faoliyat olib bormoqda va mahalla iqtisodiyotiga muhim hissa qo‘shmoqda.






