Quyosh panellari orqali barqaror suv ta’minoti
2025-06-12 20:33:00 / Yangiliklar

Shofirkon tumanida suv ta’minotini yaxshilash va qishloq xo‘jaligi yerlarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida quyosh panellari o‘rnatilmoqda. Jumladan, Shavqiddin Jamshid, O‘ktam Latif Saxiy, Bafo-Bobo Cho‘pon ota, Zumrad, Bodimax va E’zozbek Rasulbobo fermer xo‘jaliklarida jami 380 kVt quvvatga ega quyosh panellari qurilishi rejalashtirilgan. Bu ishlar uchun Agrobank ATB Shofirkon filiali tomonidan 1,393 milliard so‘m imtiyozli kredit hisobidan amalga oshiriladi.
Shular qatorida, Bafo-Bobo Cho‘pon ota fermer xo‘jaligi (rahbari: Yakubov O‘ktam Orifjonovich, Sh.Rashidov MFY) ham 32 gektar paxta va bug‘doy yerlarini sug‘orish uchun 60 kVt quvvatdagi quyosh panellari o‘rnatdi. Fermer xo‘jaligi bir oyda o‘rtacha 11 000 kVt elektr energiyasi iste’mol qilmoqda va hozirda bu ehtiyojning katta qismi quyosh panellari orqali qoplanmoqda.
Ushbu loyiha fermerga energiya tejamkorligi, barqaror suv ta’minoti va ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish imkonini bermoqda. Bu esa Shofirkon tumanida ekologik toza texnologiyalarni amaliyotga joriy qilish yo‘lidagi muhim qadam hisoblanadi.
Xo‘jalikda dehqonchilik ishlarining asosiy bosqichlarida – xususan, suv bilan ta’minlashda elektr energiyasi hal qiluvchi omil hisoblanadi. Shu sababli xo‘jalik tomonidan 60 kVt quvvatga ega quyosh panellari tizimi o‘rnatildi. Ushbu tizim to‘g‘ridan-to‘g‘ri sug‘orish nasoslari va drenaj quduqlarini barqaror energiya bilan ta’minlab kelmoqda.
Oylik elektr energiyasi ehtiyoji: 11 000 kVt bo‘lgan xo‘jalik endilikda ushbu ehtiyojining katta qismini quyosh panellari orqali qoplamoqda. Bu esa elektr ta’minoti barqarorligini oshirish bilan birga, xo‘jalik xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirmoqda.


