Shofirkon tumani hokimining navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi
2026-11-16 21:20:00 / Yangiliklar
#Xalq_qabulxonasi
Bugun Shofirkon tumani hokimi Mo‘min Amonov tomonidan tuman Xalq qabulxonasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tinglash, ularning muammolariga yechim topish maqsadida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasi ta’minoti, ta’lim, sog‘liqni saqlash, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, imtiyozli kreditlar ajratish, auksion orqali yer maydonlarini ajratish hamda boshqa turli masalalarga oid murojaatlar bildirildi.

Tuman hokimi har bir murojaatni atroflicha tinglab, ularni hal etish yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berdi. Ayrim masalalar yuzasidan joyida yechimlar belgilangan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar ijrosi nazoratga olindi.
Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ularning muammolariga amaliy yechim topish va aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash ishlari davom etmoqda.






