Hurmatli korxona va tashkilot rahbarlari!
2026-06-27 09:00:00 / Yangiliklar

Shu bois sizlarni zimmanizdagi vazifalarni vijdonan ado etishga, fuqarolarning murojaatlariga befarq bo‘lmaslikka, har bir masalaga qonun ustuvorligi va adolat tamoyillari asosida yondashishga chaqiraman.
Ayniqsa, korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish barchamizning ustuvor vazifamiz bo‘lishi shart. Korrupsiya jamiyat taraqqiyoti, iqtisodiy rivojlanish va xalq ishonchiga putur yetkazadigan illatdir. Shuning uchun har bir rahbar o‘z jamoasida halollik va shaffoflik muhitini qaror toptirishi, xizmat vakolatlaridan shaxsiy manfaat yo‘lida foydalanishga mutlaqo yo‘l qo‘ymasligi lozim.
Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, “Davlat idoralari xalq uchun xizmat qilishi kerak.” Bu tamoyil har birimizning kundalik faoliyatimizning bosh mezoniga aylanishi zarur. Fuqarolarga sifatli xizmat ko‘rsatish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish har bir rahbarning eng muhim burchidir.
Aziz rahbarlar!
Barchangizni mas’uliyat, tashabbuskorlik va fidoyilik bilan ishlashga, qonuniylik, shaffoflik hamda halollik tamoyillariga qat’iy amal qilishga chaqiraman. Birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan Shofirkon tumanining yanada obod, taraqqiy etgan va korrupsiyadan xoli hududga aylanishiga munosib hissa qo‘shamiz.
Hurmat bilan,
Shofirkon tumani hokimi
Mo‘min Amonov
