Korrupsiyaga qarshi kurash — har bir davlat xizmatchisining burchi!
2026-06-29 09:25:00 / Yangiliklar

Unda tuman hududidagi korxona va tashkilotlar rahbarlari, mas’ul mutaxassislar hamda tegishli idoralar vakillari ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida davlat xizmatida korrupsiyaga qarshi kurashish, korrupsion holatlarning oldini olish, byudjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish, ularning sarflanishida shaffoflikni ta’minlash, ochiqlik siyosati talablariga qat’iy rioya etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga oid muhim ma’lumotlarni hokimlikning rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida muntazam yoritib borish, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa ijtimoiy sohalarda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Yig‘ilish yakunida barcha rahbar va mas’ullarga korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish hamda har bir murojaat va vazifaga mas’uliyat bilan yondashish zarurligi alohida ta’kidlandi.







