Shofirkon tumanida 39 nafar bitiruvchiga oltin va kumush medallar tantanali topshirildi
2026-06-18 21:30:00 / Yangiliklar

Joriy o‘quv yilida Shofirkon tumanidagi 56 ta umumta’lim maktabi, 2 ta nodavlat ta’lim muassasasi hamda 1 ta ixtisoslashtirilgan maktab bitiruvchilari orasidan munosib nomzodlar saralab olinib, yakuniy natijalarga ko‘ra 30 nafar bitiruvchi oltin medal, 9 nafar bitiruvchi esa kumush medal bilan taqdirlandi. Shu tariqa jami 39 nafar yosh ushbu yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldi.
Tadbir davomida Shofirkon tumani hokimi tomonidan oltin va kumush medal sohiblariga davlat mukofotlari tantanali ravishda topshirildi. So‘zga chiqqanlar ushbu yutuqlar yoshlarning ko‘p yillik mehnati, ustozlarining fidokorona sa’y-harakatlari hamda ota-onalarining cheksiz mehr va e’tibori samarasi ekanligini alohida ta’kidladilar.
Oltin medal sohiblari (30 nafar)
Ma’rifat chashmasi nodavlat ta’lim tashkiloti
Baxtiyorova Madina
Izzatullayeva Maftuna
Raxmatova Xolida
3-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi
Muxtorov Salimbek
Otamurodova Sabina
4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi
Akramova Shabnam
Ilhomov Ozodbek
Muhammadov Sardor
Sohibova Charos
8-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi
Maxmudova Gullola
9-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi
Umurzoqova Dilroz
Asatulloyeva Marjona
Ziyodullayeva Shabnam
Qahramova Saida
Valiyeva Chehrona
13-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi
Bozorova Sevara
28-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi
Salimova Malikabonu
Subxonova Maftunabonu
Farmonova Shirinabonu
30-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi
Ro‘ziqulov Jasmina
33-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi
G‘aybullayeva O‘g‘iloy
Murodov O‘g‘abek
38-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi
Qahramonova Asalxon
41-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi
Erkinova Sabrina
44-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi
Yarashev Azizbek
49-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi
Jamolova Munisa
51-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi
Naimova Parvina
55-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi
Nasullayeva Feruza
Tolibboyev Shohjahon
56-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi
Baqoyev Aziz
Kumush medal sohiblari (9 nafar)
Ma’rifat chashmasi nodavlat ta’lim tashkiloti
Hakimov Begzod
4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi
Karimova Sarvinoz
11-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi
Sultonova Sarvinoz
14-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi
Ostonov Muxtorbek
16-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi
Najmiddinova Dilnavoz
19-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi
Yoqubova Mehrangiz
38-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi
Shavkatova Mulisa
41-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi
Erkinova Muslima
Kenjayeva Sevinch
Tadbir yakunida medal sohiblari, ularning ota-onalari hamda ustozlariga samimiy tabriklar yo‘llanib, yoshlarning kelgusida oliy ta’lim muassasalarida tahsil olib, Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan yetuk mutaxassislar bo‘lib yetishishlariga ishonch bildirildi.
Shofirkon tumani jamoatchiligi nomidan barcha medal sohiblarini ushbu yuksak e’tirof bilan qutlaymiz. Ularning kelgusi o‘qish va mehnat faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘liq hamda yangi zafarlar tilaymiz.


