Rasmiy munosabat
2026-05-20 13:00:00 / Yangiliklar
ijtimoiy tarmoqlarda Shofirkon tumani hududida daraxtlar kesilgani yuzasidan tarqalgan murojaat Shofirkon tuman Ekologiya bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.

Aniqlanishicha, mazkur hududdagi mevali daraxtlar iqtisodiy jihatdan samarasiz hamda kam hosil beruvchi bo‘lib, ayrimlari qurib qolganligi sababli holat tegishli tartibda mutasaddi tashkilotlar tomonidan o‘rganilgan.
Xususan, hudud Qishloq xo‘jaligi bo‘limi mutaxassislari tomonidan ko‘zdan kechirilib, belgilangan tartibda ruxsat berilgani ma’lum bo‘ldi.
Buxoro viloyati Ekologiya bosh boshqarmasi matbuot xizmati
