RASMIY MUNOSABAT
2026-04-24 11:20:00 / Yangiliklar

Hozirda mazkur muammo to‘liq nazoratga olingan bo‘lib, nosozliklarni bartaraf etish hamda tizimni qayta tiklash bo‘yicha ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Amalga oshirilayotgan ishlar yakuni yuzasidan qo‘shimcha axborot berilishi ta’minlanadi.
Shu bilan birga, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, fuqarolar salomatligini muhofaza qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. So‘nggi yillarda Shofirkon tumanida barpo etilgan zamonaviy Tibbiyot birlashmasi binosi ham aynan aholi uchun qulay va sifatli tibbiy xizmatni yo‘lga qo‘yish maqsadida foydalanishga topshirilgan.
Aholining tibbiyot tizimidan rozi bo‘lishi, eng avvalo, tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasi, fuqarolar bilan muomala madaniyati, korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash hamda jamoa ichidagi sog‘lom muhitni ta’minlashga bevosita bog‘liqdir.
Mazkur yo‘nalishda tizimli ishlar izchil davom ettiriladi.
