RASMIY MUNOSABAT
2026-04-20 22:20:00 / Yangiliklar
Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlar orqali Bog‘iafzal mahalla fuqarolar yig‘ini Talija qishlog‘ida asfaltlashtirilgan ichki yo‘llarning sifatsiz bajarilgani yuzasidan videolavha jamoatchilik e’tiboriga havola etildi.

Mazkur hududda jami qariyb 3 kilometr ichki yo‘llar “Mening yo‘lim” dasturi doirasida 2025 yil noyabr–dekabr oylarida asfaltlashtirilgan bo‘lib, ushbu ishlar Buxoro yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan amalga oshirilgan.
Bildirilgan holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan nazorat o‘rnatilgan. Hozirda aholi tomonidan ko‘tarilgan e’tiroz va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida qayta ta’mirlash ishlari boshlab yuborilgan.
Aholi tomonidan bildirilayotgan murojaatlar doimiy e’tibor markazida bo‘lib, mavjud muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilmoqda.
Shofirkon tumani hokimligi
Axborot xizmati
