Rasmiy munosabat
2026-04-09 21:40:00 / Yangiliklar
Hurmatli fuqarolar!
Ijtimoiy tarmoqlarda Shofirkon tumani hududiga kirish qismida joylashgan “Shofirkon tumani” belgisi yuzasidan turli fikr va munozaralar bildirilmoqda.
Ma’lum qilamizki, mazkur belgi 2018 yilda qurilgan bo‘lib, uni barpo etish uchun 43 million so‘m mablag‘ sarflangan. Bugungi kunda esa uning texnik holati, tashqi ko‘rinishi hamda zamonaviy talablarga mosligi qayta ko‘rib chiqilmoqda.

Hozirda ushbu hududda yangi, zamonaviy va Shofirkon tumanining boy tarixi hamda o‘ziga xosligini aks ettiruvchi kirish majmuasini barpo etish bo‘yicha loyihalashtirish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, mazkur loyiha doirasida moliyalashtirish masalalari ham amaldagi tartiblar asosida ko‘rib chiqilmoqda.
Ta’kidlash joizki, barcha ishlar belgilangan me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy rioya etgan holda amalga oshiriladi.
Hurmatli yurtdoshlar, turli asossiz va tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ishonmasligingizni, rasmiy manbalarga tayanishingizni so‘raymiz.
Shofirkon tumani hokimligi axborot xizmati
