Rasmiy munosabat
2026-04-09 21:15:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 8-aprel sanasida ijtimoiy tarmoqlarda Shofirkon tumani Horin mahallasidagi ichki yo‘llarni asfaltlashtirish ishlari yuzasidan e’lon qilingan murojaat bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida aniqlanishicha, 2026-yilgi dastur doirasida Horin mahallasida jami 1,8 km asfaltlashtirilmagan ichki yo‘llarni asfaltlashtirish ko‘zda tutilgan.
Jumladan Horin ko‘chasining 800 metr qismi, Navro‘z ko‘chasining 1 km qismi ilgari asfaltlashtirilmagan ichki yo‘llar sifatida dasturga kiritilgan bo‘lib, belgilangan tartibda bosqichma-bosqich asfaltlashtiriladi.
Mazkur dastur doirasida ishlar tasdiqlangan reja asosida amalga oshirilishi belgilangan.
