Shofirkonda Xitoylik investorlar bilan muhim uchrashuv o'tkazildi
2026-04-04 17:10:00 / Yangiliklar

Mazkur tashabbus doirasida qo‘shimcha ravishda 50 ta yangi ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu esa hudud aholisining bandligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Investor o‘z so‘zida Xitoyning Shinjon va Korla hududlarida ayni yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan korxonalari mavjudligini, ushbu loyiha ular uchun yangi emasligi, balki sinovdan o‘tgan va samaradorligi isbotlangan tajribaga asoslanishini ta’kidladi.
Tuman hokimi Mo‘min Amonov mazkur loyihaning ahamiyatini alohida e’tirof etib, ushbu yo‘nalishda hech qanday e’tiroz yo‘qligini va loyiha to‘liq qo‘llab-quvvatlanishini ma’lum qildi. Shuningdek, kelgusida ham investorlar bilan hamkorlikni kengaytirish, hududga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish ustuvor vazifalardan biri ekani qayd etildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar loyiha yuzasidan amaliy ishlarni jadallashtirish va o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash borasida kelishib oldilar.








