Rasmiy munosabat
2026-04-03 18:15:00 / Yangiliklar
Bugun, 2026-yil 3-aprel sanasida ijtimoiy tarmoqlarda Shofirkon tuman tibbiyot birlashmasi Emergensy Department bo‘limi hamshiralari – Ashurova Maysara, Saidova Dilrabo va uning o‘g‘li Dilmurodov Dilshodlarning ish haqi shtatga muvofiq to‘lanmaganligi, shuningdek asossiz ravishda 1 shtat birligidan 0.5 shtatga noqonuniy tarzda o‘tkazilganligi haqida ma’lumotlar tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan ishchi guruh tuzilib, o‘rganish ishlari boshlab yuborildi.
Ishchi guruh tomonidan tekshiruv va o‘rganish ishlari yakunlangach, xulosalar rasmiy ravishda taqdim etiladi va mavjud masala bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi.
Shofirkon tumani hokimligi axborot xizmati
