Rasmiy munosabat
2026-03-28 18:10:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 24-mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Shofirkon tumani Buxoro shahriga olib boruvchi yo‘lda, stoyankadan tashqaridagi holat — razborshikmi yoki yo‘l to‘sarmi, soqolli shaxslar endi katta trassalarda ham pul undirishni boshladimi?” mazmunidagi iddaoli videolavha tarqatildi.

Mazkur holat yuzasidan huquq-tartibot organlari tomonidan tegishli tartibda o‘rganish ishlari olib borilmoqda hamda voqeaning barcha jihatlariga aniqlik kiritilmoqda.
O‘rganish natijalari yuzasidan qo‘shimcha ravishda batafsil axborot taqdim etiladi.
Shu munosabat bilan, jamoatchilikdan mazkur holat yuzasidan asossiz xulosa chiqarmaslik hamda rasmiy ma’lumotlar e’lon qilinmaguncha turli noto‘g‘ri talqinlarga yo‘l qo‘ymasliklarini so‘rab qolamiz.
