Rasmiy munosabat
2026-03-28 03:50:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 27-mart kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali Shofirkon tumani Horin mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Qobil Rahmonov tomonidan 2024–2025-yillarda mulk solig‘i miqdori asossiz ravishda yuqori hisoblanib undirilayotgani, shuningdek, yer maydoni mavjud bo‘lmasa-da, soliq hisoblangani yuzasidan videolavha tarqatildi.

Mazkur holat tegishli mas’ullar tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Masala bo‘yicha yakuniy xulosalar asosida qo‘shimcha axborot taqdim etiladi.
