Shofirkon tumani hokimi Mo'min Amonovning bayram tabrigi
2026-03-20 23:20:00 / Yangiliklar

Aynan ana shunday ezgu qadriyatlar tufayli yurtimizda aholi manfaatlari va ijtimoiy himoyasini ta’minlash, ehtiyojmand qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash, jamiyatning hech bir a’zosini mehr va e’tibordan chetda qoldirmaslik, shahar va qishloqlarimizni obod qilish, yer va suv resurslaridan, barcha tabiat ne’matlaridan oqilona foydalanish ustuvor vazifamizga aylanmoqda.
Qadrli tumandoshlar!
Xabaringiz bor, keyingi yillarda tumanimizda ham qurilish-bunyodkorlik ishlari avj olmoqda.
Jumladan, joriy yilda markaziy dexqon bozorini kengaytirish va yangicha ko‘rinishga keltirish, “Yoshlar markazi” binosi, bir vaqtning o‘zida 300 nafar bolani qamrab oladigan “Yoshlar oromgohi”, avtoshoxbekat, 1 ta suv inshooti, 18 ta umumta’lim maktablarini va 9 ta maktabgacha ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash, 5 ta Oilaviy shiforkorlik punkti, 2 ta sport ob’yekti, 3 ta mahalla binosini qurib foydalanishga topshirilishi belgilangan.
Qadrli do‘stlar!
2026 yil «Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili»da nishonlanadigan bu yilgi Navro‘z shodiyonalari shu bois yangicha ruh va mazmun kasb etadi.
Xalqimiz ezgu an’analarga sodiqlik ramzi sifatida e’lon qilingan “Yashil makon” va “Yashil yillik” umummilliy harakatida faol qatnashmoqda.
Ko‘chat ekib bog‘ barpo etish, atrof-muhitni toza-ozoda saqlash xalqimizning asrlar sinovidan o‘tgan milliy qadriyatidir. Zero, ajdodlarimiz oilada yangi tug‘ilgan farzandiga atab yerga nihol qadagan.
Navro‘z dehqonchilik ishlarining qizg‘in boshlanish pallasidir. Iqtisodiyotimizning tayanchi bo‘lgan paxtachilik sohasida erishilgan muvaffaqiyatlarimizni yanada ko‘paytirish uchun bu yil ham katta maqsadlarni oldimizga qo‘yganmiz.
Yerga chigit tushadigan kunda nuroniy otaxonlarimiz, tajribali dehqonlar paykal boshida yaxshi niyatlar bilan bu yilgi hosilga duoi-fotiha beradilar.
Gʻallazorlarimizda ertaga dasturxonimizga rizq bo‘lib tushadigan, dehqonning daromadini oshiradigan bug‘doy parvarishi ham sifatli olib borilmoqda.
Aziz tadbir ishtirokchilari!
Jamiyatimizda yuksak ma’naviy muhitni qaror toptirish, butun dunyoda kechayotgan global o‘zgarishlar davrida xalqimizning azaliy qadriyatlarini asrab-avaylash zarurligini bu yilgi Navro‘z ayyomida ham har birimiz yana bir karra chuqur his qilyapmiz.
Yana bir bor Shofirkon ahlini, qadrli mehmonlarimizni ertangi qutlug‘ ayyom “Navro‘z” bayrami qolayversa “Ramazon Hayiti” bayrami bilan muborakbod etib, xonadonlaringizdan fayz-baraka arimasligini, mustahkam sog‘liq va xush kayfiyat hamisha hamrohingiz bo‘lishini tilayman!
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
