“Yoshlar kuni” doirasida Shofirkon tuman 2-son texnikumida startap va tadbirkorlik tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi
2026-02-26 22:35:00 / Yangiliklar

Har haftaning payshanba kuni belgilangan “Yoshlar kuni” esa aynan shu topshiriqlarni amalda bajarish imkonini yaratmoqda.
Shofirkon tumanida ham bugun tuman hokimi Alisher Fayzilloyev texnikumlarni borib o‘rganish, o‘quvchilar bilan suhbat va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan.
Shofirkon tuman 2-son texnikumida 731 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Ular orasida 77 nafar bitiruvchi yoshlar esa 17 ta korxona bilan bandlik shartnomalari asosida ishga joylashmoqda.
Texnikum o‘quvchisi Boboqulov Akmaljon esa o‘zining startap loyihasi bilan barcha e’tiborini tortdi. Loyiha turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, chet ellik sayyohlarga qulaylik yaratish va ularning sayohat kunlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida ishlab chiqilgan. Dastlabki mablag‘ 100,000 $ bo‘lib, loyihada 10 nafar ishchi band qilinadi. Kelajakda ishchilar soni va daromadni ikki yil ichida sezilarli darajada oshirish rejalashtirilgan.
Tuman hokimi loyiha bilan yaqindan tanishib, uni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi va amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha topshiriq berdi.
O‘tgan yilda tashkil qilingan Kasbiy ta’lim agentligi hamda hududiy hokimlar boshchiligidagi Kasbiy ta’lim kengashlari texnikumlarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Texnikumlar kasbga o‘qitish dasturlarini ish beruvchilarning talabiga moslash, “dual ta’lim” va startap loyihalarini joriy etish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, binolar va yerlar boshqa maqsadlarda ishlatilmasligini ta’minlash kabi vazifalarni bajaradi.
Har oy texnikumlarda “Kasbiy rivojlanish kuni” va mehnat yarmarkalari o‘tkazilib, yoshlar startap va tadbirkorlik loyihalari uchun 1 milliard so‘mgacha mablag‘ olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Bugungi tadbirlar shuni ko‘rsatdiki, “Yoshlar kuni” nafaqat yoshlarni eshitish, balki ularning startap va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, amaliy yordam berish va bandligini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Hokimlarning bevosita faoliyati va Prezident tashabbuslari birlashib, yoshlarning kelajakdagi imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilmoqda.






