Shofirkonning "Bolli" ko‘chasi: Iskogaredagi tadbirkor asalarichilar xonadonidan reportaj
2026-02-18 21:50:00 / Yangiliklar

Yaqinda ushbu qishloqdagi asalarichilik faoliyati bilan yaqindan tanishildi, ular bilan samimiy muloqot qilindi.
Mahallaning ko‘zga ko‘ringan tadbirkorlaridan biri Zebo Hamidova va uning turmush o‘rtog‘i Bekjon Husenovlar. Bu oila 2020-yildan buyon asalarichilik bilan jiddiy shug‘ullanib keladi.
Ularning xonadonida 100 quti asalari oilasi.
Natija: Y mavjud bo'lib, yiliga 1-1,5 tonna sof asal yetishtiriladi, yillik daromad esa 100 million so‘mdan ortiqni tashkil etmoqda.
Ushbu ko‘chadagi yana bir fayzli xonadon egalari — Baxtigul O‘rinova va uning turmush o‘rtog‘i Akmal Baronov. Ular bu sohada ancha tajribali bo‘lib, o‘z faoliyatini 2014-yilda boshlagan.
7 quti asalari oilasi bilan faoliyatini boshlagan ushbu oila hozirgi kunda 150 ta oilaga yetkazgan bo'lib, o‘rtacha 2 tonnadan ortiq asal olinadi.
Daromad esa yiliga qariyb 180 mlnga teng .
Dilovar Qoldosheva va turmush o‘rtog‘i Kamol Mirzoyevlar ham bugun asalarichilik orqasidan ro‘zg‘or tebratayotgan namunali oilalardan.
Hozirgi kunda 42 quti asalari oilasi mavjud bo'lib, yiliga 650 kg shifobaxsh asal olinmoqda.
Iskogarelik bu tadbirkorlarning eng e’tiborli jihati shundaki, ular nafaqat o‘z foydasini ko‘zlaydi, balki asalarichilik sirlarini qo‘ni-qo‘shnilariga ham bajonidil o‘rgatmoqda. Bu esa qishloqda yangi ish o‘rinlari va qo‘shimcha daromad manbalari yaratilishiga xizmat qilmoqda. E'tiborlisi asalga xaridor ham mavjud bo'lib, ular ishlab chiqarish va pishiriq tayyorlash korxonalariga yetkazib beriladi.
Bugun Iskogare mahallasida yashovchi bu oilalarni hamma birdek taniydi va hurmat qiladi. Ularning halol mehnati evaziga ushbu ko‘cha haqiqatan ham "Asalarichilar ko‘chasi" degan nomga munosib ekanini isbotladi.









