Shofirkon tumani prokurori Fozilov Hamza Hakimovichning Shofirkon tumani axolisiga profilaktik-ogoxlantiruv murojaatnomasi
2026-02-09 21:10:00 / Yangiliklar

Qonun ustuvorligini ta’minlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish hamda profilaktika qilish, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida prokuratura organlari tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
O‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida qonun buzilishi va unga imkon berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha 76 ta taqdimnoma kiritildi, 478 nafar mansabdor shaxs rasman ogohlantirildi. Shuningdek 194 nafar mas’ul intizomiy, 68 nafari ma’muriy javobgarlikka tortildi, qo‘pol qonunbuzilishi holatlari yuzasidan 10 dan ortiq jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Sudlarga 1,1 mlrd. so‘mlik zararlarni undirish bo‘yicha 62 ta da’vo arizalari kiritildi. Aniqlangan holatlar bo‘yicha aybdorlarga tegishli choralar ko‘rilmoqda.
Shu bilan birga xufiyona iqtisodiyotni kamaytirish, uyushgan jinoyatchilik, ayniqsa giyohvandlik va kibr jinoyatlarning oldin olish borasida birn qator ishlar amalga oshirildi.
Xususan o‘tgan yilning 12 oyi davomida 8 ta poraxo‘rlik, 2 ta davlat mulkini rastrata yo‘li bilan talon-taroj qilish xolatlari aniqlanib, jinoyatlarni sodir qilgan shaxslarga nisbatan jazoning muqarrarligi taьminlandi.
Ayniqsa tuman axolisi tomonidan jami 38 ta xolatda gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish xolatlari aniqlanib, prokuratura organlari tomonidan davlatga yetkazilgan zarar to‘liq qoplandi.
Unutmang, qonun ustuvor – jazo muqarrardir
Ishonchim komil, o‘z hayotini qonun va adolatni ta’minlashdek g‘oyat olijanob ishga bag‘ishlagan har bir prokuratura xodimi bugungi kunda zimmasidagi vazifani yuksak mas’uliyat va vatanparvarlik tuyg‘usi bilan ado etishni o‘zi uchun ulkan sharaf deb biladi.
Biz ana shunday fidokorona mehnatimiz bilan Yangi O‘zbekistonni - har bir yurtdoshimiz erkin va farovon yashaydigan davlatni barpo etishga munosib hissa qo‘shamiz
Zero, bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish va qonun ustuvorligini taьminlash yaxshi natija ko‘rsatayotganligini unutmasligimiz lozim.
Shu boisdan siz aziz yurtdoshlardan quyidagilarga qat’iy amal qilishingizni so‘rayman:
- Korrupsiya bilan bog‘liq xolatlar to‘g‘risida xabardor bo‘lsangiz, bu xaqda prokuratura organlariga murojaat qilish, shaxsingiz sir saqlanishi kafolatlanadi;
- energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish xolatlariga duch kelsangiz, bu xaqda “112” qisqa raqamiga xabar bering
- Xonadoningiz, va boshqa ko‘chmas mulklaringiz atrofida kuzatuv kameralarini o‘rnating va kuzatuv kamerlarini o‘rnatish borasida qo‘ni-qo‘shnilaringiz orasida targ‘ib qiling.
Hurmatli tumandoshlar!
Jinoyatchilikka qarshi kurash faqat huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vazifasi emas. Bu — barchamizning umumiy burchimiz! Tumanimizda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashda faol ishtirok etish — har bir yurtdoshimizning Vatan oldidagi mas’uliyatidir.
Davlat va jamiyat ravnaqiga xissa qo‘shish baxtiga, pirovardida halqimiz oldida yuzimiz yorug‘ bo‘lishiga erishish barchamizning hamkorlikdagi xarakatlarimizga, shijoatimiz va fidoyiligimizga bog‘liqdir
E’tiboringiz uchun rahmat!
