Rasmiy munosabat
2026-01-18 19:20:00 / Yangiliklar
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyati Shofirkon tumani Horin mahallasi aholisi tomonidan ob-havoning noqulayligi hamda yog‘ingarchiliklar sababli mahalla hududidagi 500 metr yo‘l qismi ta’mirtalab holatga kelib qolganligi yuzasidan maqola e’lon qilindi.

Mazkur holat bo‘yicha mas’ullar tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borilib, yo‘lning holati hamda shag‘allashtirish va asfaltlashtirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.
Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida, maqolada qayd etilgan mazkur yo‘l qismini joriy yilning 25-yanvar sanasiga qadar shag'allashtirish ishlari amalga oshirilishi belgilandi.
Mazkur masala mutasaddi tashkilotlar tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, belgilangan muddatlarda ishlar yakunlanishi ta’minlanadi.
