Rasmiy munosabat
2026-01-17 21:25:00 / Yangiliklar

O‘rganishlar davomida aniqlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-sentyabrdagi PQ-5246-sonli “Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida ‘Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish’ loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, mazkur mahallada umumiy uzunligi 8 kilometr bo‘lgan ichimlik suvi quvurlari tortilib, aholi ichimlik suvi bilan ta’minlangan.
Mazkur loyiha doirasidagi amaliy ishlar to‘liq yakunlangan bo‘lib, ayni jarayonda yo‘llarni shag‘allashtirish ishlari amalga oshirilmay qolganligi ma’lum bo‘ldi.
Ma’lum qilamizki, Tezguzar mahallasi Qo‘rg‘on qishlog‘i ichki yo‘llarini shag‘allashtirish ishlari joriy yilning II-choragida tasdiqlangan dastur asosida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Holat mas’ullar tomonidan nazoratga olingan.
