Rasmiy munosabat
2026-01-12 19:20:00 / Yangiliklar

O‘rganish davomida Guliston mahallasi, Undare qishlog‘ida yashovchi fuqaro Asror G‘aybulloyev tomonidan yashab turgan xonadoni bilan tutash bo‘lgan Hojatbaror qabriston devori bilan tutash holda o‘zboshimchalik bilan devor tiklab, molxona qurish ishlari amalga oshirilgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 60‑moddasi 3‑qismi talablariga asosan dalolatnoma rasmiylashtirildi. Ushbu modda bo‘yicha:
Fuqarolarga – bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravari miqdorida jarima solinadi;
Mansabdor shaxslarga – to‘rt yuz baravari miqdorida jarima qo‘llanadi.
Shofirkon tumani hokimligi va tegishli mas’ullar tomonidan noqonuniy qurilishlarning to‘xtatilishi, mavjud qonunbuzarliklar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi bo‘yicha nazorat davom etadi.
