Rasmiy munosabat
2026-01-12 18:30:00 / Yangiliklar

O‘rganish jarayonida aniqlanishicha, fuqaro To‘rayev Sardor Bobomurod o‘g‘liga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi PQ-4231-sonli “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Shibirg‘on mahallasida ixcham issiqxona qurish va faoliyatini rivojlantirish maqsadida 2019-yil 27-maydagi 630-2019-sonli kredit shartnomasiga muvofiq yillik 8 foiz ustama bilan 36 oy muddatga jami 29 925 000 so‘m miqdorida imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilgan.
Mazkur kredit mablag‘lari bank tomonidan tasdiqlangan to‘lov grafigiga muvofiq o‘z vaqtida qaytarilmaganligi sababli bank tomonidan 2021-yil 6-avgust kuni 6517-son bilan 27 662 023 so‘m mablag‘ni undirish yuzasidan da’vo arizasi sudga kiritilgan. Sud qarori bilan da’vo qanoatlantirilib, ijro hujjati Majburiy ijro byurosi tomonidan majburiy undiruvga qaratilgan.
Bugungi kunda mazkur murojaatni batafsil o‘rganish maqsadida fuqaroning xonadonida o‘rganish ishlari olib borilib, otasi bilan muloqot qilindi. O‘rganish davomida fuqaro To‘rayev Sardor Bobomurod o‘g‘lining hozirgi kunda Toshkent shahrida istiqomat qilayotgani aniqlanib, holat yuzasidan tegishli dalolatnoma rasmiylashtirildi.
