Rasmiy munosabat
2025-12-21 23:20:00 / Yangiliklar
Joriy yilning dekabr oyida ijtimoiy tarmoqlarda Shofirkon tumani Qalmaqon mahallasida joylashgan Xalq banki BXM qarshisidagi katta avtomobil yo‘lida piyodalar o‘tish yo‘lagi (zebra) mavjud bo‘lib, so‘nggi kunlarda yog‘ingarchiliklar sababli yo‘l belgilari o‘chib ketgani aks etgan videolavha e’lon qilindi.

Mazkur holat yuzasidan mas’ul tashkilotlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. Aniqlangan kamchilikni bartaraf etish, ya’ni piyodalar o‘tish yo‘lagini qayta chizish ishlari joriy yilning 25-dekabr sanasiga qadar amalga oshirilishi belgilandi.
Mazkur holat bo‘yicha fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va befarq bo‘lmaganliklari uchun minnatdorchilik bildiriladi.
