Shofirkon tuman prokurori adliya kichik maslahatchisi Mamarizaev Shamshod Nematillaevichning murojaatnomasi
2025-12-13 01:20:00 / Yangiliklar

Zero, bu islohotlarning samarasi barcha sohalarda qonun talablariga so‘zsiz rioya etishga, jinoyatchilik kabi illatning oldini olishga bevosita bog‘liqdir.
Tumanda jinoyatchilik, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, fuqarolarning havfsizligini ta’minlash maqsadida ichki ishlar bo‘limi xodimlari hamkor tashkilotlar bilan birgalikda joriy yilning 11 oyi davomida tezkor va profilaktik ogohlantiruv tadbirlari amalga oshirib kelinmoqda.
Shunga qaramasdan, tumanda 2025 yilning o‘tgan 11 oyi davomida jami 243 ta jinoyatlar qayd etilib, o‘tgan yilga nisbatan (226/243) 17 taga yoki 7,5 foizga ko‘paygan.
Tumanida joriy yilning hozirgi kuniga қadar sodir etilgan jami 243 ta umumiy jinoyatlarning har turtinchisini oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar tashkil etadi.
Tumanda tan jarohati yetkazish va Oilaviy zo‘ravonlik, firibgarlik, o‘g‘rilik, jinoyatlari kamayishiga erishilgan bo‘lsada ammo tumanimizga bu turdagi jinoyatlar sodir etilishi achinarli.
O‘tgan 11 oy davomida 49 ta mahalladan 5 tasi “qizil”, 15 tasi sariq va 26 tasi yashil toifaga ajratildi.
Jinoyat turlari bo‘yicha va oldi olinishi lozim bo‘lgan jinoyatlarni kamayishiga erishilgan bo‘lsada, xotin-qizlar tomonidan sodir etilganligi achinarligi ekanligi.
Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarning oshib borayotganligi kishini tashvishga solmoqda.
Bu esa axborot texnologiyalari yordamida sodir etilayotgan jinoiy xolatlarni oldini olishda amalga oshirib kelayotgan ishlarimiz, targ‘ibot va tashviqot yetarli emasligidan dalolat bermoqda.
Joriy yilning o‘tgan davrida birgina plastik kartalardan pul mablag‘larini yechib olish holatlari yuzasidan 7 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
2024 yilning shu davrida bu ko‘rsatgich 13 tani tashkil qilgan. Ilgari bunday jinoyatlarga qarshi ishlaydigan tizim bo‘lmagan.
Shu sababli, shahrimiz aholisidan firibgarlik va o‘g‘rilik qurboni bo‘lmaslik uchun, internet ijtimoiy tarmoqlari orqali kelayotgan turli xil feyk xabarlardan ehtiyot bo‘lishlarini hamda bank kartalari va hisob raqamlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni sir saqlashni so‘rab qolamiz.
Shuningdek, jinoyat sodir etishi yoki jinoyat qurboni bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxslar bilan “ijtimoiy profilaktika” tadbirlari samaradorligini oshirish hamda kriminogen vaziyatga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy muammolarni kunlik joyida bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
Xususan, oila-turmush darajasidagi maishiy nizolar kunlik tahlil qilinib, tuman hokimining xotin-qizlar masalalalri bo‘yicha o‘rinbosari va mahalla yarashtiruv komissiyalari ishtirokida har birini joyida muhokama qilib borish tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Qadrli fuqarolar!
Keng jamoatchilikni jinoyatlarni oldini olishga hamda ularni bartaraf etishga faol hamkorlikka chaqiramiz.
Yana bir bor shuni alohida qayd etamanki, jinoyatning har qanday ko‘rinishiga tezkor ravishda munosabat bildirishga, jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan jazo muqarrarligini ta’minlashga shaxsan kafolat beraman.
E’tiboringiz uchun rahmat!
