Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
2025-09-08 10:50:00 / Yangiliklar

Shirin shahar hokimligida korrupsiyaga qarshi kurashishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hokimi Niyoz Xazratkulov, hokimlik apparat xodimlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va tashkilotlar vakillari, mahalliy davlat boshqaruv organlari rahbarlari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, uning iqtisodiy va ma’naviy oqibatlari hamda unga qarshi kurashishda fuqarolarning faol ishtiroki muhimligi ta’kidlab o‘tildi. Shuningdek, davlat tashkilotlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash yuzasidan taklif va fikrlar bildirildi.
Tadbir yakunida mas’ul rahbarlarga korrupsiyaga qarshi samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish, profilaktika ishlarini kuchaytirish hamda aholi o‘rtasida huquqiy ong va madaniyatni oshirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.




