Yoshlar bilan ochiq muloqot: muammo va takliflar tinglandi
2026-09-03 14:30:00 / Yangiliklar

Uchrashuv davomida bitiruvchi yoshlarning kelgusidagi rejalari, oliy ta’limga kirish, kasb-hunar egallash bilan bog‘liq masalalari muhokama qilindi.
Samimiy muloqot davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mavjud muammo va takliflarini bildirdilar. Har bir murojaat e’tibor bilan tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli yechim va vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, yoshlarga vaqtni to‘g‘ri taqsimlash, bilim va ko‘nikmalarini muntazam oshirish, zamonaviy kasblarni egallash hamda o‘z ustida izchil ishlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Uchrashuvda yoshlarning bugungi intilishi va tashabbuslari ularning kelajakdagi muvaffaqiyatlari uchun muhim poydevor bo‘lishi ta’kidlandi.
Yoshlar — kelajak bunyodkorlari. Ularning har bir ezgu maqsadi va tashabbusini qo‘llab-quvvatlash esa barchamizning ustuvor vazifamizdir.





