IQTISODIYOTNI RIVOJLANISHI, XALQ FAROVONLIGIGA YORQIN YO‘LDIR
2026-07-20 09:45:00 / Yangiliklar

Iqtisodiy ko‘rsatkichlarni sohalar kesimida tahlil qilinganda,
✅ 2026-yilning yanvar- Iyun oyida Shirin shahrining sanoat korxonalari tomonidan 2 937,4 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 89,4 % ni tashkil etdi. Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqarish sanoati elektr energiyasi ishlab chiqarish uzatish va tarqatish hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 90.5 % ni tashkil etdi.
✅ 2026-yilning yanvar- Iyun oyida, Shirin shahrida jami 196,6 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish surʼati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 124,7 % ni tashkil etdi.
✅ 2026-yilning yanvar- Iyun oyida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 97,7 mlrd so‘mga yetdi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish surʼati 126,4 % ni tashkil etdi.
✅ 2026-yilning yanvar- Iyun oyida Shirin shahrining chakana savdo tovar aylanmasi 50,4 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 112,0 % ga yetdi.
✅ 2026-yilning yanvar- Iyun oyida Shirin shahrining tashqi savdo aylanmasi 12,7 mln AQSH dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 96,7 % ga yetdi.
✅ 2026-yilning yanvar- Iyun oyida Shirin shahrining eksport hajmi 0,1 mln AQSH dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,6 % ga yetdi.
✅ 2026-yilning yanvar- Iyun oyida Shirin shahrining import hajmi 12,5 mln AQSH dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 111.1 % ga yetdi.
Hurmatli tadbirkorlar! Davlat statistika hisobotlarini Estat.4 elektron platformasi orqali yuborishni unutmang.
Statistika sohasida olib borilayotgan yangiliklar, o‘zgarishlar statistik tahliliy maʼlumotlarni sirstat.uz rasmiy saytidan olishingiz mumkin.
Shirin shahar statistika bo‘limi boshlig‘i
N.Narquziyeva
