Bunyodkor mahallasida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
2026-05-20 17:05:00 / Yangiliklar

Jumladan, bugun Shirin shahar Xalq qabulxonasi tomonidan Bunyodkor mahallasida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. Qabul shahar hokimi Dilfuza Kambarova rahbarligida o‘tkazilib, unda tegishli mas’ullar hamda mahalla aholisi ishtirok etdi.
Sayyor qabulda fuqarolar tomonidan ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatish sifati, tungi yoritish chiroqlari o‘rnatish hamda boshqa ijtimoiy muammolar yuzasidan o‘nga yaqin murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida atroflicha muhokama qilindi.
Ko‘tarilgan ayrim muammolar joyida hal etilib, fuqarolarga aniq tushuntirish va amaliy yordam berildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar esa tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilib, ularning ijrosi qatʼiy nazoratga olindi.





